Tarixi

«To’ytepa Metall Qurilmalari» AJ sizlarni o’zining ish faoliyati bilan tanishtirishdan mamnun!

Qurilishdagi metall qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Korxonamiz 1964 yilda tashkil topgan bo’lib, bir yillik ishlab chiqarish quvvati 12-15 ming tonnani tashkil etadi. Bizning mahsulotlar nafaqat O’zbekistonimizda, balki Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston hamda Rossiya respublikalarida ham muhim inshoatlar qurilishida qo’llanilgan. 52 yillik ulkan tajribalar mobaynida turli xil metall qurilmalari ishlab chiqarishga erishildi. Shu jumladan:

  • yahlit kolonnalar, panjaralar (turli o’lcham va miqdorda);
  • fermalar (oddiy va murakkab burchakli);
  • fermalar (keng dvutavrli);
  • fermalar (trubadan);
  • balkalar, rigellar (balandligi 30m, uzunligi 18mgacha);
  • svyazlar (yakka va panjarali); -faxverkalar va boshqalar.

Korxonamiz ishlab chiqarish nomenklaturasini sanoat va umumiy bino-inshoatlarning karkaslari, sport va savdo majmualari, antenna machtalari, elektr yetkazish liniyalari tayanchlari, gaz quvurlari va tarmoqlari, temir yo’llari o’tish ko’priklari tashkil etadi.

Korxonamizning ishchi jamoasi 350-400 kishini tashkil etadi. «To’ytepa Metall Qurilmalari» AJ tarkibida asosiy ishlab chiqarish yo’nalishimiz bo’yicha ishchilarni kasbga tayyorlash o’quv binosi ham mavjud.

So’nggi yillarda ishlab chiqarilgan Toshkent aviatsiya va Farg’ona mehanika zavodi binolari (ferma 100m uzunlikdagi), Toshkent sh. Yunusobod tumanidagi yopiq sport maydoni, Andijon, Nukus, Chirchiq shaxridagi yopiq sport manejlari metall qurilmasi, hamda 30 yildan ortiq ish stajiga, yuqori kvalifikatsiya va tajribaga ega mutahasislarimiz bizning fahrimiz hisoblanadi. Bizning metall qurilmalarimizdan foydalanilib Toshkent shaxridagi O’zbekiston Respublikasi Forumlar saroyi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, “Chorsu” mehmonxonasi, O’zbekiston prospektidagi ko’p qavatli uylar, Bolalar san’at uyi, Davlat sirki, Modalar uyi va boshqa inshoatlar qurilgan.

«To’ytepa Metall Qurilmalari» AJ barcha bo’limlari kompyuter bilan jihozlangan bo’lib, konstruktorlik va texnologik byurolari loyihalrni (КМД) ishlab chiqish bosqichida “AUTOGAD” dasturiy mahsulidan foydalanadi.

Korxona metallni qayta ishlash uchun barcha kerakli uskunalar bilan jixozlangan. Xususan, “Кавасаки” kompaniyasinig dvutavrli balka va shvellerlarni qayta ishlashda raqamli dastur bilan boshqarish tizimi (ЧПУ), metall listlarni o’lchamli kesishda gazli kesuvchi uskunasi, murakkab shakldagi qismlarni kesishda dasturli boshqaruv gazli kesuvchi “Кристалл” uskunasi, po’lat listlarni to’g’irlash, parmalash, yon va qirralarini frezerovkalash, mehanik kesish, bukish, yoyib to’g’irlash va boshqa uskunalar.

Metall qurilmalarni payvandlash ishlari Payvandlash va yig’ish sexida yarim avtomat (flyusli) va avtomatlashtirilgan (uglegazli) uskunalarda amalga oshiriladi. “LINCOLN ELECTRIC” kompaniyasining payvandlovchi zamonaviy yarim avtomat uskunalari sifatli payvandlashni taminlaydi. Tayyor bo’lgan metall qurilmalarga qum bilan ishlov berish hamda ularni grunt va boshqa turdagi bo’yoqlar bilan bo’yash Bo’yash va yuklash sexida amalga oshiriladi.

«To’ytepa Metall Qurilmalari» AJ da o’zining temir yo’llari tarmog’i mavjudligi, tayyor bo’gan metall qurilmalarni temir yo’l transporti orqali tashish imkonini beradi.

Korxonamiz hodimlariga nisbatan raxbarlarimiz g’amxo’r. O’z navbatida shuni aytish joyizki, 700 kishilik ovqatlanish inshoati, 500 kishilik yuvinish xonalari, hamda tarkibimizda dam olish maskani, bolalar sport-sog’lomlashtirish va san’at komplekslari mavjud. Bularning barchasi ishchi va hodimlarimizga qulay sharoitlar yaratadi va sifatli ishlab chiqarishni taminlaydi.

Biz sizlar bilan kelishuv majburiyatlarini to’liq bajargan holda, yuqori sifatli maxsulotlar tayyorlashda hamkorliq qilishdan mamnunmiz! Korxonamizda ishlab chiqariladigan metall qurilmarining joriy narxlarini e’tiboringizga havola etamiz. Po’lat qurilmalarining turlari hilma hil bo’lib, asosan ma’lum tipdagi yoki individual harakterga ega, ba’zida esa mayda seriyali bo’ladi. Korxonaning quvvati yiliga 12-15 ming tonna bo’lib, asosan buyurtmachi olib kelgan metall xisobidan ishlanadi.

Korxonamizda ishlab chiqariladigan metall konstruksiyalar konstruktorlik byuromiz chizmalari asosida ishlab chiqariladi. Bular: kolonna, ferma, balka, kran osti balkalari, ramalar, yirik o’lchamdagi trubalar, ko’priklar, panjaralar, zinalar va boshqalar. Mahsulotlarning ishlab chiqarish narhlari ularning murakkabligidan kelib chiqib, quyidagi ilovada keltirilgan jadvalda aks ettirilgan. (Ilova rus tilida keltirilgan)

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.
Yangiliklar
2015 yilning 01 iyunida xalqaro bolalarni ximoya qilish kuniga baqishlanib bayram tadbiri ...
9 May – O`zbekistonda xotira va qadrlash kuni, xalqaro bayram.
Navro'z o'zaro hurmat asosida xalqlar va tinchlik va yaxshi qo'shnichilik g'oyalari o'rtasidagi ...

Bog'lanish

  • E-mail mail@me.com
  • Telefon +99895 177-60-81
  • Manzil 111519, O`zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumani, Yangixayot poselkasi

So'rov

Nima siz bizning saytimizga kabi?

ha - 100%
yo'q - 0%

Total votes: 2
The voting for this poll has ended on: March 31, 2017
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…